O‘zbekiston Bibixonim masjidi rekonstruksiyasi bo‘yicha loyihani amalga oshirayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi

O‘zbekiston 09:37 / 01.05.2024 2426

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar taraqqiyot jamg‘armasi (QFFD) bosh direktori o‘rinbosari Sulton Al-Asiyriy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Elchi QFFD bilan hamkorlikda Samarqanddagi Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilayotgani uchun Qatar tomoniga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv davomida ta’lim, sog‘liqni saqlash, va iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda xorijiy hamkor sifatida Qatar taraqqiyot jamg‘armasini jalb qilishga kelishildi.

Ko‘proq yangiliklar: