Kuvayt Farg‘onada markaziy laboratoriya va diagnostika markazini quradi

O‘zbekiston 07:51 / 01.05.2024 1162

"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi, IICO xalqaro xayriya tashkiloti, Gulf Care General Trade Co. va Marafie Group kompaniyalari hamda Kuwait Airways aviakompaniyasi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuvlar chog‘ida savdo-iqtisodiy, tibbiyot va aviatsiya kabi sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, Farg‘ona viloyatida amalga oshirilayotgan investitsiyaviy loyihalarni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida Farg‘ona viloyati hokimligi va Gulf Care General Trade Co. kompaniyasi o‘rtasida Farg‘ona shahrida "Markaziy laboratoriya va diagnostika markazini barpo etish" bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

IICO xalqaro xayriya tashkiloti rahbariyati bilan kechgan muloqot chog‘ida mazkur tashkilot moliyaviy imkoniyatlaridan foydalangan holda grant loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida fikr almashildi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar nihoyasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalarining muhokamasini davom ettirish maqsadida Kuvayt biznes doira vakillarini Farg‘ona viloyatiga missiyasini tashkil etish taklifi bildirildi.

Ko‘proq yangiliklar: