Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li vaqtincha yopiladi

O‘zbekiston 09:40 / 01.05.2024 4928

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li velosport musobaqasi sababli ma’lum vaqtga yopiladi.

Sportning velosport-shosse turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati  o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 1-2-3 may kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining bir qismi yopiladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, yo‘lning 34-54 kilometrlari oralig‘ida transport vositalari harakati cheklanadi. Bunda, Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqinida start, G‘azalkent shahriga kirish qismida finish bo‘ladi.

Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etildi.

Ko‘proq yangiliklar: