Xitoyning sanoat o‘sishi biroz sekinlashadi

Jahon 14:54 / 30.04.2024 2297

Xitoyning sanoat o‘sish sur’ati 2024 yil aprel oyida mart oyiga nisbatan sekinlashdi. 30 aprel, dushanba kuni Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi e’lon qilgan xarid menejerlari indeksi (PMI) ko‘rsatkichlari shundan dalolat beradi. 

Xitoyning ishlab chiqarish sanoatida mart oyida 50,8 bo‘lgan PMI indeksi 50,4 ga tushdi. «Bu tez rivojlanayotgan sektorning o‘sish dinamikasi ikkinchi chorak boshida biroz zaiflashganidan dalolat beradi», deb tushuntiradi Reuters. 

50 PMI indeksi chegara hisoblanadi: bu belgidan yuqori daraja o‘sishni, undan pastroq esa qisqarishni ko‘rsatadi. Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda eksport buyurtmalari hajmi kutilganidan ancha sekin o‘sdi. Shu bilan birga, bandlik darajasi pasayishda davom etdi. 

Tahlilchilar ko‘chmas mulk bozori va ichki talabdagi muammolarga ishora qilmoqda 

Ayni paytda, tahlilchilar fikriga ko‘ra, Xitoy hozirgi muammolari ko‘chmas mulk bozorida davom etayotgan pasayish, ichki talab qisqarishi, shuningdek, kommunal xizmatlarning o‘sib borayotgan qarzlari bilan bog‘liq bo‘lib, «uy xo‘jaliklari va investorlar ishonchiga putur yetkazgan hamda iqtisodiy istiqbollarni biroz keskinlashtirgan», deb eslatadi Reuters.

Xitoy 2024 yil uchun YaIM o‘sishini 5 foiz atrofida qilib belgiladi. Kuzatuvchilar bu maqsadni ambitsiyali deb bilyapti. 

Ko‘proq yangiliklar: