Beeline Uzbekistan va Setanta Spors: chegarasiz sport olami

Jamiyat 16:31 / 26.04.2024 3071

Barcha sport ishqibozlari uchun ajoyib yangilik — digital-operator Setanta Spors xizmatining barcha kontentidan cheksiz foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.

Yangi xizmat yordamida foydalanuvchilar futbol, ​​basketbol, UFC, MMA, xokkey va boshqa ko‘plab sport olamidagi barcha muhim sport hodisalarini kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Real vaqt rejimida jonli translatsiyalar — hayajonli gollardan dramatik nokautlargacha, shuningdek, eng yaxshi lahzalar, yozib olingan o‘yinlar va muhim hodisalarni istalgan vaqtda nafaqat smartfon, balki planshet, kompyuter va Smart TV’da ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Muxlislar barcha voqealardan xabardor bo‘lishlari yanada osonlashadi: endi eksklyuziv kontent, yangiliklar, sharhlar, intervyular va sport yulduzlarining biografiyalari har doim qo‘l ostida bo‘ladi.

Va eng muhimi, digital-operatorning smartfondan foydalanuvchilari mijozlari internet-trafikni sarflamasdan servisdan foydalanishlari mumkin.

«Biz bilamizki, ko‘plab mijozlarimiz uchun sport nafaqat sevimli mashg‘ulot, balki hayot tarzidir. Shu bois, biz Setanta Spors xizmatini ishga tushirdik, bu ularga barcha hodisalardan xabardor bo‘lish, sevimli jamoalari va yulduzlarini kuzatib borish, tomoshadan maksimal darajada his-tuyg‘ularga ega bo‘lish imkonini beradi», — deya izoh berdi Beeline Uzbekistan tijorat direktori Maksim Yefremov.

Setanta Spors xizmatiga ulanish oson, buning uchun *888# terib, Setanta Spors servisida ro‘yxatdan o‘tish lozim.

Xizmat haqida batafsil ma’lumot digital-operator saytida.

  ***

 Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

 VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

 Beeline Uzbekistan'da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

Twitter: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: