Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi

Jahon 10:12 / 25.04.2024 3556

Politsiya Moskva viloyati hukumati raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Svetlana Strigunkovani Moskvada korrupsiyada gumon qilib qo‘lga oldi. Bu haqda 24 aprel, chorshanba kuni Rossiyaning qator ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallari huquq-tartibot idoralaridagi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

«Lenta.ru» xabariga ko‘ra, viloyat hukumatida sog‘liqni saqlash masalalarini nazorat qilgan sobiq amaldor shifoxonani ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalardan kamida 150 million rubl miqdorida pora olganlikda gumon qilinmoqda. Tintuv chog‘ida undan katta miqdordagi naqd pul hamda ko‘plab qimmatbaho buyumlar topildi. Uning o‘zi aybini tan olmayapti.

Strigunkova 2020 yil yanvar oyidan boshlab Moskva viloyati sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lgan, 2021 yil may oyida hukumat raisi o‘rinbosari lavozimida sog‘liqni saqlash uchun mas’ul sifatida ishlagan va 2024 yil mart oyida bu lavozimdan o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan. 

Strigunkova pora olgani haqida uning sobiq xodimi ma’lumot bergan

«Kommersant» yozishicha, tergov Strigunkovaning poraxo‘rligi haqida Moskva viloyati sog‘liqni saqlash vaziri sobiq o‘rinbosari Aleksandr Zaxarovdan ma’lumot olgan, u ham yanvar oyida 150 million rubl miqdorida pora talab qilish ishi bo‘yicha hibsga olingan. Aybini tan olib, u, ba’zi manbalarga ko‘ra, sudgacha hamkorlik qilish kelishuviga erishgan va uning doirasida u Strigunkovaga qarshi ko‘rsatma bergan, deya ta’kidlaydi gazeta. 

Ko‘proq yangiliklar: