Kanada Airbus’ga Rossiya titanidan foydalanishga ruxsat berdi

Jahon 11:28 / 25.04.2024 3486

Kanada hukumati Ottava tomonidan Rossiya Federatsiyasining titan ishlab chiqaruvchi «VSMPO-Avisma» kompaniyasiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalariga qaramay, Airbus kompaniyasiga mamlakatda samolyotlar ishlab chiqarish uchun rus titanidan foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda 24 aprel, chorshanba kuni Reuters agentligi xabar qilgan

«Airbus Kanada hukumati «VSMPO-Avisma»ga qarshi sanksiyalar qo‘llayotganidan xabardor va amaldagi sanksiyalarga muvofiq Airbus operatsiyalari xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ruxsatni olgan», deya ma’lum qildi Airbus Canada Reuters so‘roviga javoban. 

Agentlikning ta’kidlashicha, bu qaror Airbus’ga «Kanadadagi zavodlarida moslashuvchanlikni» ta’minlaydi va ishlab chiqarishda asosan titanga tayanadigan Airbus samolyotlarini Kanadaga olib kirishni amalda taqiqlash uning faoliyatiga zarar yetkazishi mumkinligi haqidagi «tashvishlarni bartaraf qiladi». 

Airbus rus titanidan voz kechishga va’da berdi 

Rossiyaning «VSMPO-Avisma» korporatsiyasi dunyodagi eng yirik titan ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. U 2024 yil fevral oyida Kanada sanksiyalari ostida qoldi. O‘tgan yilning kuzida Rossiya harbiy sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarilishi sababli korporatsiyaga qarshi AQSh sanksiyalari joriy etilgan edi.

Airbus 2022 yil dekabr oyida Rossiyadan titan yetkazib berishni bir necha oyga to‘xtatishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: