«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar yuzasidan ma’lumot berildi 

O‘zbekiston 08:55 / 25.04.2024 11312

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining xabar berishicha, ayni kunlarda “Navoiy” chegara bojxona postida zamonaviy bojxona posti qad rostlayotgani sababli mazkur postning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shu sababli asosiy oqim "G‘ishtko‘prik" chegara bojxona postiga to‘g‘ri kelmoqda.

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 ming nafargacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi harakatlanmoqda.

Fuqarolar va transport oqimining yildan yilga ko‘payib borayotganini inobatga olgan holda mazkur postni kengaytirish maqsadida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Chegara bojxona posti butunlay zamonaviy qiyofa kasb etadi. Rekonstruksiya ishlari joriy yilning oktyabr oyida tugatilishi rejalashtirilgan.

Bojxona boshqarmasi vaqtinchalik yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun fuqarolardan uzr so‘ragan.

Ko‘proq yangiliklar: