Asaka Motors International kompaniyasi O‘zbekistonda Opel brendi taqdimotini o‘tkazdi

O‘zbekiston 13:11 / 25.04.2024 26994

Toshkentda Opel modellarining taqdimoti o‘tkazildi, ularni Asaka Motors International distribyutori orqali sotib olish mumkin.

24 aprel kuni Renessans Hall Tashkent banket zalida Opel brendining taqdimotiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Oqshomning birinchi yarmida sahnalashtirilgan qiziqarli tomosha mehmonlarni Germaniyaga eltdi, u yerda 160 yil avval dunyoga mashhur brendning tarixi boshlangandi. Qatnashchilar interaktiv shouning bir qismiga aylandilar va Opel brendining tarixini va butun dunyoga yoyilishini o‘z ko‘zlari bilan kuzatish imkoniga ega bo‘ldilar. 

Tadbirda Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi, doktor Tilo Klinner qutlov so‘zi bilan chiqdi. Shuningdek, mehmonlar orasida mamlakat vazirliklari va davlat idoralari vakillari ham bor edi.

Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng brendning rasmiy distribyutori – Asaka Motors International innovatsiyalar va Yevropa sifatining tajallisi bo‘lgan shahar avtomobillarining eksklyuziv modellarini taqdim etdi. Mehmonlarga o‘z toifalarining flagmanlari bo‘lgan Opel Mokka va Opel Corsa, shuningdek Opel Astra xetchbeki taqdim etildi.

Opel Mokka: ixcham yo‘ltanlamaslar olamidagi inqilob

Ikkinchi avlod yo‘ltanlamasi – ixcham Opel Mokka ta’sirchan tashqi ko‘rinishi va minimalistik intereri bilan ajralib turadi. Dadil dizayn va ilg‘or yechimlar tufayli u munosib ravishda o‘z toifasining yetakchisi bo‘ldi. Model nafis uslub, yuqori funksionallik va takomillashgan xavfsizlik xarakteristikalarini uyg‘unlashtiradi va haydovchilarga noyob mashina boshqarish tajribasini taklif etadi. Bu avtomobil qulaylik va zamonaviy texnologiyalar uyg‘unligini qadrlaydigan g‘ayratli ish odamlari uchun maxsus yaratilgani bejiz emas.

Opel Corsa: shahar jo‘shqinligi va qulaylik ramzi

Opel Corsa — ilg‘or texnologiyalar va nozik uslubning ideal uyg‘unligi. Bu avtomobil zamonaviy shahar hayotida, ayniqsa siz jo‘shqin, shu bilan birga qulay sayrlarni yoqtiradigan bo‘lsangiz, sizning sadoqatli yo‘ldoshingiz bo‘ladi.

Opel sotuvlari yetakchisi, yangilangan Corsa modeli ajoyib dizayn va takomillashgan “masalliq”ni uyg‘unlashtiradi. Manzarani ajoyib yoritib, yo‘lda ishonch uyg‘otadigan ta’sirchan svetodiod faralar va orqa chiroqlar, buklanadigan, isitiladigan ko‘zgular, belni ushlab turuvchi, massaj funksiyasiga ega ergonomik o‘rindiqlar – bu yorqin turmush tarzi uchun zarur qulaylik va jo‘shqinlikni ta’minlovchi yangilangan funksiyalarning bir qismi, xolos.

Corsa ko‘p yillardan buyon shahar avtomobillari orasidagi eng ommabop modellardan biri bo‘lib sanalib keladi. Agar siz g‘ayrat-shijoatga to‘la, yangilikka unnab ko‘rishga tayyor bo‘lsangiz, bu avtomobil – siz uchun.

Opel Astra: klassika evolyutsiyasi

Afsonaviy Opel Astra uzoq yillardan buyon kompaniyaning eng ko‘p sotiladigan atvomobili nomini qo‘ldan bermay keladi. Bu ajablanarli emas: ixcham avtomobillar segmentida yangi standartlar o‘rnatgan bu model bugungi kunda ilg‘or texnologiyalar innovatsion dizaynni o‘zida uyg‘unlashtirib, yana o‘zining mukammalligi bilan hayratga solmoqda. Yangi Astra sayrning har bir bosqichida qulaylikni ta’minlab, ham uni tasarruf etishdan, ham boshqarishdan yanada ko‘proq mamnuniyat bag‘ishlaydi. Opel Astra klassik Yevropa xetchbeklarining zamonaviy trendlarni unutmaydigan muxlislariga ideal darajada mos keladi.

Asaka Motors International kompaniyasi 2021 yilda avtomobillarni import qilish va zamonaviy ishlanmalar asosida yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqarish maqsadida ta’sis etilgan. Bugungi kunda kompaniya dunyoning yetakchi brendlari – Opel, Fiat va Alfa Romeo, shuningdek Xitoyning Geely brendining O‘zbekistonda yagona rasmiy distribyutori sanaladi. Bundan tashqari, Asaka Motors International Xitoyning premium toifadagi EXEED brendi avtomobillarini ishlab chiqaradi va import qiladi.

Opel Automobile GmbH — dunyodagi eng qadimgi va hurmatga sazovor avtomobil brendlaridan biri. Bugungi kunda yana e’tibor markazida hamda jahon muhandislik va dizaynerlik texnologiyalari rivojiga hamohang qadam tashlaydigan yangi avlod avtomobillarini faxr bilan taqdim etadi. 150 yildan uzoqroq tarixga ega brend tinimsiz o‘zgarib boruvchi avtomobil sanoati fonida mashhurlik cho‘qqisida bo‘lishda davom etmoqda. U o‘z muxlislarini ilhomlantirib, sifat va unumdorlikning nihoyatda yuqori standartlarini belgilaydi.

Asaka Motors International va Opel ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etib va dadil g‘oyalarni ro‘yobga chiqarib, sermahsul hamkorlikni davom ettirmoqdalar. Kompaniyalar taqdim etgan avtomobillar – shunchaki transport vositalari emas, balki ilhom manbai va odatiy ufqlarni kengaytirish imkoniyatidir. Ular bilan siz yangi yo‘llarni zabt etishga doim shay bo‘lasiz.

Opel'ning har bir avtomobili to‘g‘risidagi batafsil axborotni Opel.uz rasmiy saytida, shuningdek, distribyutorning Instagram va Facebookdagi sahifalarida topish mumkin.

Barcha taqdim etilgan Opel modellarini Toshkent sh., Farg‘ona yo‘li ko‘ch., 147 manzilida joylashgan AS MOTO avtosalonida, shuningdek bu yildayoq butun mamlakatda ochiladigan brendning boshqa avtosalonlarida o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefon raqamlari:+998 55 503 77 67; +998 55 503 24 44.

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: