Toshkentning qator hududlarida gaz va elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

O‘zbekiston 09:36 / 24.04.2024 2034

Ta’mirlash ishlari tufayli Bektemir va Yangihayot tumanlarining ayrim hududlariga 24 aprel kuni tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Bektemir tumani (soat 10:00 dan 16:00 gacha):

  • aholi iste’molchilar — “Oltintopgan” MFY Barkamol ko‘chasidagi 230 ta xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — 16 ta.

Yangihayot tumani (soat 10:00 dan 17:00 gacha):

  • aholi iste’molchilar — “Navqiron” MFY Sergeli 1-mavze ko‘p qavatli uylaridagi 178 ta xonadon;
  • “Olchazor” MFY Lutfikor ko‘chasidagi 163 ta yerli xonadon;
  • ulgurji iste’molchilar — 4 ta.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Shuningdek, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlar oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 24 aprel kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Bektemir tumani — “Musaffo”, “Nurli yo‘l” hamda “Sohil” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 13:00 gacha.

Ko‘proq yangiliklar: