Vladimir Putinning inauguratsiya sanasi belgilandi

Jahon 19:31 / 23.04.2024 7318

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning inauguratsiyasi 7 may kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Federatsiya Kengashining Konstitutsiyaviy qonunchilik qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas qo‘mita yig‘ilishida ma’lum qildi.  

TASS xabariga ko‘ra, marosim oldidan, 6 may kuni senatorlar COVID-19 uchun PZR testidan o‘tadilar. 

Bu Putinning prezident sifatidagi beshinchi inauguratsiyasi bo‘ladi. 

Mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovda Vladimir Putinni saylovchilarning 87,28 foizi qo‘llab-quvvatlagan edi. Saylovchilarning 77,49 foizi (87,5 mln) ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: