Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston Vetnamni yirik hisobda mag‘lub etib, chorakfinalga peshqadam sifatida yo‘l oldi

Sport 22:40 / 23.04.2024 16150

Qatarda davom etayotgan Osiyo kubogi U23 guruh bosqich bahslariga yakun yasaldi. O‘zbekiston olimpiya jamoasi 3 o‘yinda 3 g‘alabaga erishib, +10 to‘plar nisbati bilan pley-offga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi. Temur Kapadze shogirdlari 1/4 finalda Osiyoning amaldagi chempioni Saudiya Arabistoniga qarshi saf tortadi.

Dohadagi «Khalifa International» stadionida o‘tgan 3-tur o‘yinigacha O‘zbekiston va Vetnam 6 ochkodan jamg‘arib, keyingi bosqich masalasini muddatdan avval hal qilgan bo‘lsa-da, bu peshqadam va 2-o‘rin sohibini aniqlab berishi kerak edi. Guruh g‘olibini Saudiya Arabistoni kutayotgan bo‘lsa, 2-o‘rindagi jamoani esa Iroq kutayotgan edi.

Vetnamga qarshi uchrashuv oldidan olimpiya jamoamizning yetakchilari Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov klubi safidan Qatarga yetib kelishdi. Kapadze Husanovni asosiy tarkibga tushirgan bo‘lsa, Fayzullayevni zaxiradan maydonga tushirishga qaror qildi.

Shunga qaramay, Kapadze shogirdlari Alisher Odilovning dubli va Ruslanbek Jiyanovning goli evaziga birinchi bo‘limdayoq o‘yin taqdirini hal qilishdi – 3:0. Ikkinchi bo‘lim esa chorakfinal uchun tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston guruh bosqichida 10ta gol urib, to‘p o‘tkazmay, D guruhi g‘olibi sifatida 1-o‘rinni egalladi va C guruhida 2-o‘rinni egallagan Saudiya Arabistoniga qarshi 26 aprel kuni chorakfinalda o‘ynaydigan bo‘ldi. Vetnam esa shu kuni C guruhi g‘olibi Iroq bilan yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurashadi.

Osiyo kubogi U23. 23 aprel
3-tur. D guruhi
O‘zbekiston U23 – Vetnam U23 – 3:0
Gollar:
 Alisher Odilov 4, 40, Ruslanbek Jiyanov 36.
O‘zbekiston: 1. Abduvohid Ne’matov, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4. Abduqodir Husanov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev (Asadbek Rahimjonov, 46), 6. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 8. Ibrohim Ibragimov, 10. Jasur Jaloliddinov (Diyor Xolmatov, 46), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (14.Abbosbek Fayzullayev, 70), 15. Umarali Rahmonaliyev, 20. Ruslanbek Jiyanov (Hojimat Erkinov, 65), 22. Alisher Odilov (Husayn Norchayev, 78).
Vetnam: 13. Nguyen Anviet, 2. Nguyen Xon, 3. Tran Kuang, 4. Luong Duy, 7.Xoang Van, 8. Nguyen Duk, 10. Vo Nguyen, 17. Nguyen Duk, 19. Nguyen Tai, 20. Nguyen Ngok, 22.Nguyen Kuang.

Kuvayt – Malayziya 2:1

D guruhidagi yakuniy vaziyat:

Osiyo kubogi U23 setkasi. Chorakfinal juftliklari:

Ko‘proq yangiliklar: