Malayziya O‘zbekistonda maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarmoqchi

O‘zbekiston 09:57 / 22.04.2024 1855

O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning Erwan Technology Sdn. Bhd. ijrochi direktori Li Yyeouv Lung bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Tomonlar O‘zbekistonda misni qayta ishlash uchun mavjud xomashyo bazasi, transformatorlar, kichik turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakat hududlarida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlarda aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida Malayziya kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: