Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi

O‘zbekiston 07:38 / 20.04.2024 1217

Unda, “I.A.” MChJning transport bo‘limi sobiq menejeri M.X. umuman harakatlanmagan yoki qisqa masofaga harakatlangan avtotransport vositalariga yonilg‘i-moylash materiallari sarf qilingani to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib, tadbirkorning jami 943,1 mln so‘mlik mahsulotini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: