O‘zbekiston va Latviya xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi

O‘zbekiston 09:16 / 20.04.2024 1122

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi hamda Latviya Transport vazirligi va Bojxona departamenti vakillari o‘rtasida video-konferens-aloqa formatida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Uchrashuvda savdo aloqalarini kengaytirish, transport va logistika sohasida hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohalarda salmoqli salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha O‘zbekiston-Latviya qo‘shma komissiyasining joriy yilda navbatdagi yig‘ilishini tashkil etish va uning kun tartibini har tomonlama puxta ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘proq yangiliklar: