Niderlandiyadagi o‘zbeklar Turkiya budjet aviakompaniyasini O‘zbekiston bozoriga qabul qilish haqida iltimos bilan chiqdi

O‘zbekiston 10:51 / 20.04.2024 3127

O‘zbekistonning Benilyuks davlatlaridagi elchixonasi diplomatlari Niderlandiyaning Utrext shahrida qurilish sohasida ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan qonuniy migratsiya kanallarini kengaytirish, mehnat migrantlari tomonidan Niderlandiya hududida bo‘lish qoidalariga rioya qilish, ish beruvchilar tomonidan ular uchun munosib sharoitlarni yaratish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida vatandoshlar xizmatlaridan foydalanadigan Turkiyaning Pegasus Airlines budjet aviakompaniyasini O‘zbekiston bozoriga qabul qilish haqidagi iltimosini tegishli vazirlik va idoralarga yetkazish yuzasidan murojaat qilishdi. Hozirda arzon aviakompaniya Bishkekdan parvozlarni amalga oshirmoqda. Ularning aytishicha, ushbu aviakompaniya mijozlarining aksariyati O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.

Sayyor qabul doirasida Niderlandiyaga yangi kelgan 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi elchixonaning vaqtinchalik konsullik hisobiga qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: