Isroil va Nikaraguaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

O‘zbekiston 13:54 / 20.04.2024 2222

Ikki hududda xorijiy davlatga ishga jo‘natish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqarolar U.R., Z.M. va A.S. fuqaro H.Sh.ni 18 ming AQSh dollari evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, kelishilgan puldan 2 000 dollarini olgan vaqtda ushlangan.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni Turkiya orqali Nikaragua davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, jami 35 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: