“Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” nishonlandi

Jamiyat 17:13 / 19.04.2024 2732

18 aprel kuni Toshkentda “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda aytilishicha, joriy yilda respublika budjeti mablag‘lari hisobidan issiqlik ta’minoti obektlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish uchun 287,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Loyihaga ko‘ra, 14 ta qozonxona, 771 ta isitish qozonlari va 704 km issiqlik tarmoqlarida qurish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, yopiq issiqlik ta’minoti tizimini tashkil etish uchun 896 ta individual issiqlik punktlari (IIP) o‘rnatiladi.

Bugungi kunda respublikadagi ko‘p qavatli uylar soni jami 41 930 tani tashkil etadi va ularga jami 800 dan ortiq boshqaruv tashkilotlari xizmat ko‘rsatadi.

 Bu boshqaruv kompaniyalari hozirga qadar uylarni ta’mirlash, hududlarning infratuzilmasini yaxshilash, moddiy-texnika bazasini shakllantirishga o‘z hisobidan 268 mlrd so‘m, xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan bino va inshootlarni qurish uchun 49 mlrd so‘mdan ortiq investitsiya mablag‘larini kiritgan.

So‘nggi 7 yil davomida jami 2 trln 701 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan 36 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar mukammal yoki joriy ta’mirlangan va ularda aholiga xizmat ko‘rsatayotganf 1645 ta lift uskunalari yangisiga almashtirildi.

Ko‘proq yangiliklar: