Toshkentda Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 

O‘zbekiston 07:30 / 19.04.2024 2136

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shahari Yunusobod tumanida yashovchi 27 yoshli D.X. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan D.X. Internet foydalanuvchilariga “Telegram” messenjeri orqali turli xil mazmunidagi xabar (havola) jo‘natib, ularni qiziqtirib, bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni o‘g‘irlab, qing‘ir yo‘llar bilan boylik orttirib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, D.X.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: