Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi yopiladi

O‘zbekiston 07:11 / 19.04.2024 4020

2024-2025 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Yunusobod tumanining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan  o‘tgan 260 metr uzunlikdagi eskirgan issiq suv tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan, birinchi bosqichida, KHAYning Turkqo‘rg‘on ko‘chasi bilan kesishmasidan Adham Rahmat ko‘chasigacha bo‘lgan harakat yo‘nalishining bir tomoni 2024 yil 19 aprel kunidan boshlab 7 kun muddatga yopiladi.

Harakat yo‘lning bir tomonidan har ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi.

Haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: