Rossiyada migrantlarga til sertifikatini sotgan institut rektori ishdan bo‘shatildi 

Jahon 22:48 / 19.04.2024 5713

Rossiya Ta’lim va fan vazirligi Pushkin nomidagi Rus tili instituti rektori Natalya Truxanovskaya ishdan olinganini e’lon qildi. Vazirlik uning lavozimidan chetlatilishi sababini xorijliklar uchun imtihonlar o‘tkazilishi ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatilmagani bilan izohladi. 

«Pushkin nomidagi institutda o‘tkazilgan tekshirishda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchilik asoslari fanidan imtihon topshirish tartibi ustidan noto‘g‘ri nazorat o‘rnatish faktlari aniqlandi», deyiladi vazirlik xabarida. 

Avvalroq, 8 aprel kuni Moskvada besh kishi, jumladan, Rus tili instituti xodimlari ham qo‘lga olingan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular migrantlarga noqonuniy ravishda rus tili sertifikatlarini 5,9 ming rubldan sotishgan. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu imtihonlar Rossiya hududida chet el fuqarolarining ijtimoiy-madaniy va lingvistik moslashuv mexanizmlaridan biridir. 

Ko‘proq yangiliklar: