Hududlarda pul evaziga o‘qishga kiritishni va’da qilganlar ushlandi 

O‘zbekiston 07:47 / 19.04.2024 1253

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda Nukus shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro D.J. fuqaro D.B.ning ishonchiga kirib, uni Qoraqalpoq davlat universitetining texnika fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqaro N.S. fuqaro U.R.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki o‘zini “Ta’limni nazorat qilish inspeksiyasi” xodimi deb tanishtirib, 2 500 AQSh dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida uning xorijiy davlat institutini tugatganligi to‘g‘risidagi diplomini nostrifikatsiya qilib berishni aytib, shundan 1 900 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: