Hindistonda dunyoda eng ko‘p saylovchi ishtirok etadigan parlament saylovi boshlandi

Jahon 07:27 / 19.04.2024 2057

Bugun Hindistonda parlament saylovi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

1 iyunda yakunlanadigan mazkur saylov dunyodagi eng uzoq vaqt davom etadigan siyosiy tadbir bo‘ladi va unda bir milliardga yaqin saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

Parlament saylovida amaldagi hukmron "Bharatiya janata parti" va unga asosiy muxolif siyosiy kuch bo‘lgan "Hindiston milliy kongressi" partiyasi a’zolari asosiy raqobat olib boradi.

Hindiston parlament demokratiyasi joriy qilingan va dunyoda aholisi eng ko‘p bo‘lgan mamlakatdir. Parlamentning quyi palatasi – 543 o‘rinli Lok Sabhaning amaldagi faoliyat muddati 16 iyun kuni tugaydi. Ushbu muddatgacha Lok Sabhaning yangi tarkibi shakllantirilishi va hukumatga keyingi 5 yilda rahbarlik qiladigan Bosh vazir nomi e’lon qilinishi kerak.

28 ta shtat va 8 ta ittifoq hududlarida ovoz berish jarayoni bir necha bosqichda o‘tadi hamda ovozlarni sanash 4 iyun kuni yakunlanishi zarur. Saylovda 968 million nafarga yaqin saylovchi qatnashadi.

Saylov arafasida o‘tkazilgan so‘rovlar amaldagi bosh vazir Narendra Modining "Bharatiya janata parti" partiyasining g‘oliblik uchun imkoniyatlari ko‘pligini taxmin qilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: