2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekiston 09:25 / 19.04.2024 1644

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024 yil 26 martdagi 95-son buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi. 

Ushbu ro‘yxatdan jami 545 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir ma’muriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Ko‘proq yangiliklar: