Turkiyada ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblangan o‘zbekistonlik qidirilmoqda

O‘zbekiston 09:34 / 18.04.2024 6333

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, 1986 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Fazliddin Otaboyev qidiruvga berilgan.

Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan vatandoshlardan Bosh konsulxonaga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga xabar berish so‘ralgan.

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: