Noqonuniy foydalanish holatini bartaraf etib berishni va’da qilgan suv va gaz ta’minoti xodimlari ushlandi

O‘zbekiston 09:27 / 18.04.2024 1602

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar bo‘limi sobiq mutaxassisi J.G‘. fuqaro Sh.D.ning noturar binosiga o‘rnatilgan suv hisoblash uskunasi nosoz holatda ekani va suvdan noqonuniy foydalanganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga firibgarlik yo‘li bilan ShD.dan 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, “Hududgaz Andijon” gaz ta’minoti filiali Asaka tuman gaz bo‘limi mahallada ishlash xizmati boshlig‘i A.U. fuqaro S.Yu.ning xonadonida tabiiy gaz ta’minotidan 2,9 mln so‘m qarzdorligini o‘chirib, yangi hisoblagich o‘rnatishi hamda boshqa hisob-raqam ochib berishi evaziga o‘z xizmat xonasida 1,5 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Departamentning Paxtaobod tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Paxtaobod tuman elektr ta’minotining elektromontyori J.K. fuqaro M.N.ning ishonchiga kirib, uning yashash xonadonida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani bo‘yicha dalolatnomasi rasmiylashtirmaslik evaziga muqaddam 200 AQSh dollari va 3 mln so‘mni  firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, yana 600 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: