Toshkentda taqiqlangan modda olib yurgan haydovchi aniqlandi 

Jamiyat 07:52 / 17.04.2024 4654

Joriy yilning 15 aprel kuni Bektemir tumanidagi «Bektemir» YPX maskanida profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan

Uning davomida 23 yoshli J.X. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi to‘xtatilib, hujjatlarini tekshirish davomida gap-so‘zidan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Haydovchi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda jigarrang, o‘tkir hidli, mumsimon modda topilgan. 

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro hamda aniqlangan modda Bektemir tuman IIO FMBga topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: