Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Malayziyani mag‘lub etib, turnirni g‘alaba bilan boshladi 

Sport 20:00 / 17.04.2024 11744

Dohadagi «Xalifa» stadionida o‘tgan bahsda Jasur Jaloliddinov 10-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, zaxiradan maydonga tushgan Ulug‘bek Hoshimov 83-daqiqada jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi – 2:0.

Shu tariqa, Temur Kapadze shogirdlari turnirni g‘alaba bilan boshladi. Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Viyetnam bugun Kuvaytga qarshi maydonga tushadi. 

Osiyo kubogi U23. 1-tur
O‘zbekiston U23 – Malayziya U23 – 2:0

Bosh hakam: Ahmad Faysal (Iordaniya)
Gollar: Jasur Jaloliddinov 10 penaltidan, Ulug‘bek Hoshimov 83.
O‘zbekiston: 1. Abduvohid Ne’matov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 10. Jasurbek Jaloliddinov (Ibrohim Ibragimov, 74), 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Husayn Norchayev, 46), 13. Mahmudjon Mahamadjonov, 15. Umarali Rahmonaliyev (Diyor Xolmatov, 63), 18. Alibek Davronov, 20. Ruslanbek Jiyanov (Ulug‘bek Hoshimov, 63), 22. Alisher Odilov, 23. Abdurauf Bo‘riyev.
Malayziya: 16. Azim Al Amin, 3. Ubaydulloh Shamsul, 5. Xarit Haiqal, 7. Muhairi Ajmal (18. Daril Sham, 70), 9. Alif Izvon (6. Najmiddin Akmal, 46), 10. Luqman Hakim (22. Haqimi Azim, 61), 12. Nooa Laine, 14. Zikri Xalili, 15. Fergus Tiyerne, 17. Syaxir Bashah (4. Abu Xalil,46) 19. Safvan Mazlan.

Ko‘proq yangiliklar: