O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi

O‘zbekiston 10:11 / 16.04.2024 2602

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.

"O‘zbekiston va Qatar ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik maqomiga ko‘tarish orqali muhim qadam tashlaganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Bugun Toshkentda Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy janobi oliylari bilan birgalikda ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi bitimni imzoladik".

15 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Qatar delegatsiyasi "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqoti mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: