Mirziyoyev Ko‘rfaz arab davlatlari kengashi bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi 

O‘zbekiston 20:11 / 15.04.2024 2386

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi. 

O‘zbekiston bilan Kengash o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish va hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Davlat rahbari mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toshkent shahrida o‘tgan tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvining samarali yakunlarini yuqori baholadi. 

2023 yili Jidda shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari birinchi sammitida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. 

O‘zbekiston tomonidan investitsiya, savdo, yuqori texnologiyalar, turizm va boshqa yo‘nalishlarda ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. 

2025 yilda Samarqand shahrida o‘tadigan ikkinchi sammit kun tartibini tayyorlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy, Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo, O‘mon sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan ham uchrashdi.

Ko‘proq yangiliklar: