O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyasining 7-9 aprel kunlari Vengriyaga amaliy safari tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, safarning birinchi kunida Vengriyaning bir qator kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar uyushtirildi.
Natijada baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 million yevroga teng bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.