Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi

Jamiyat 10:58 / 07.04.2024 6753

Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 4 mart kuni soat 07:30 larda M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumani Gumbuloq mahallasi hududidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi 43 yoshli haydovchi Nexia-1 mashinasini boshqarib borib, ro‘paradan harakatlanib kelayotgan, Termiz shaharida yashovchi 41 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Nexia-3 bilan to‘qnashgan.

Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan Nexia-1 haydovchisi vafot etgan.

P.S. Odam o‘limi bilan bog‘liq mazkur YTH Qashqadaryoda sodir bo‘lganiga qaramasdan bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati hech qayerda ma’lumot bermagan.

Ko‘proq yangiliklar: