SMS orqali soxta havola jo‘natib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

Jamiyat 10:19 / 03.04.2024 2156

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida yashovchi 27 yoshli N.R. ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 2 720 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganini ma’lum qilgan

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni So‘x tumanida yashovchi, muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan 24 yoshli E.M. sodir etgani aniqlandi.

Unga ko‘ra, E.M. jabrlanuvchi N.R.ga SMS-xabarnoma (soxta havola) yuborish orqali shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va 2 720 000 so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank plastik kartasiga o‘tkazib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, E.M.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, JKning 168-moddasi 3-qismi "b,g" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: