Farg‘onada mug‘ombirlik bilan nogironlik aravachasida tilanchilik qilgan yigitlar jazolandi

Jamiyat 18:32 / 29.03.2024 11333

Farg‘ona shahrida tilanchilik qilgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi. Bu haqda Zamon dasturida xabar berildi. 

Qayd qilinishicha, asli buxorolik bo‘lgan ikki yigit sog‘lom bo‘lsa-da, dorixonadan nogironlik aravachasi xarid qilib, biri aravachada, biri uni surib jamoatchilik joylarida navbati bilan tilanchilik qilgan. 

Holat ichki ishlar xodimlarining e’tiborini tortgan va ularga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi yigitlarning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 188-3 moddasi (Tilanchilik qilish) 1-qismi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Ko‘proq yangiliklar: