Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 

O‘zbekiston 13:51 / 28.03.2024 3162

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazilgan.

Unda, fuqarolar A.R., I.I. va boshqalar Yashnobod tumani hududida jami 18 800 qalbaki AQSh dollarini fuqaro A.Q.ga 141 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 283 dona 100 AQSh dollarlik qalbaki kupyuralari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: