Toshkent viloyatida faoliyati «qoniqarsiz» deb baholangan hokimlarning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqiladi

O‘zbekiston 13:00 / 28.03.2024 4328

Endilikda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxona-tashkilot rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyati samaradorligi ya’ni, KPI’ni baholash tizimi yanada takomillashtiriladi.

Samaradorlik ko‘rsatkichlari O‘zbekiston prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarorlari, topshiriqlarida belgilangan ko‘rsatkichlardan past bo‘lmagan darajada choraklar kesimida belgilab boriladi.

Hokimlar, korxona-tashkilot rahbarlari hamda ularning o‘rinbosarlari samaradorlik ko‘rsatkichi 70 foizdan kam bo‘lganda – «qoniqarsiz», 70 foizdan 85 foizgacha – «qoniqarli», 85 foizdan 100 foizgacha – «yaxshi» hamda 100 foiz va undan yuqori bo‘lganda «a’lo» deb baholanadi.

Shuningdek, yil yakuni bo‘yicha ish samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish natijalari «qoniqarsiz» deb baholangan rahbarlar va o‘rinbosarlariga nisbatan egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: