Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyoti Qrimda halokatga uchradi

Jahon 21:36 / 28.03.2024 10544

Rossiyaning Su-35 qiruvchi samolyoti Qrimdagi Sevastopol shahri yaqinida dengizga qulab tushdi. Hodisa tasvirlangan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Halokat sabablari aniq emas. Ukraina telegram kanallari samolyotning urib tushirilganini da’vo qilmoqda. Ba’zi kanallarda samolyot Rossiya havo mudofaasi tomonidan adashib urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Anneksiya qilingan Sevastopolning Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatori Mixail Razvojayev Su-35 halokatini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchuvchi muvaffaqiyatli katapulta qilgan va tirik qolgan, hech qanday fuqarolik obektlari zarar ko‘rmagan. Hodisaning sabablari haqida hech narsa aytilmagan. 

Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina Qurolli kuchlari voqea yuzasidan rasmiy izoh bermadi.

Ko‘proq yangiliklar: