Qaysi toifa shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya beriladi?

Jahon 11:52 / 26.03.2024 4627

Moliya vazirligining 2010 yil 30 dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, ular quyidagilar:

1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensiya yoki nafaqa oluvchilar.
2. Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
3. Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar.
4. 1941 - 1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar.

Shuningdek, yoshi 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensiya oluvchi shaxslar uchun har oyda - pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilangan.

Ko‘proq yangiliklar: