Boeing rahbari Deyv Kelxun samolyotlardagi nosozliklar tufayli iste’foga chiqadi

Jahon 09:35 / 26.03.2024 3413

Boeing samolyotlarining nosozliklari bilan bog‘liq qator mojarolar kompaniya rahbariyatida o‘zgarishlarga olib keldi. Boeing bosh direktori Deyv Kelxun 2024 yil oxirida o‘z lavozimini tark etadi, deya xabar beradi kompaniya. 

Shuningdek, direktorlar kengashi raisi Larri Kellner va tijoriy parvozlar bo‘limi ijrochi direktori Sten Dil lavozimini tark etdi. Kellner o‘rnini vaqtincha Stiv Mollenkopf egalladi, uning rahbarligida Boeing direktorlar kengashining yangi rahbarini saylaydi. 

Mart oyida Boeing AQSh aviatsiya nazorati organlari tomonidan audit doirasida o‘tkazilgan 89 ta tekshiruvdan 33 tasida yomon natijalarni ko‘rsatgan edi. Ushbu auditdan oldin Boeing 737 samolyotidagi nosozliklar bilan bog‘liq voqealar sodir bo‘lgan. 

Bir holatda avialaynerning favqulodda chiqish lyuki tushib ketgan va samolyot Portlend aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan. Ushbu voqeadan keyin Boeing 737 Max dasturi rahbari, Boeing zavodida samolyotlar ishlab chiqarishni nazorat qilgan Ed Klarkni ishdan bo‘shatdi. 

Ko‘proq yangiliklar: