«Terrorchining vatani, millati va dini bo‘lmaydi» – Emomali Rahmon Moskvadagi terakt haqida

Jahon 22:37 / 25.03.2024 35674

24 mart kuni Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati o‘tkazib, Moskva oblastidagi teraktni keskin qoralab, terrorchilarning millati bo‘lmasligiga urg‘u berdi. Suhbat Tojikiston tomoni tashabbusi bilan amalga oshirilgan: «Terrorchilarning vatani, millati va dini bo‘lmaydi», degan Rahmon xususan Putin bilan suhbatida.

Tojikiston prezidenti Putinga barcha tojikistonliklar Rossiyadagi mudhish voqea sabab rossiyaliklarga hamdard ekanini aytgan. Suhbat davomida tomonlar terrorizm va diniy radikalizmga qarshi birgalikda kurashish borasida kelishib olgan.

Navro‘z bayrami munosabati bilan Tojikistonda o‘tkazilgan «Shodlik karvoni» tadbirlarida nutq so‘zlagan Rahmon yana bir bor Moskvadagi terakt haqida gapirdi va ota-onalar farzandi tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

«Moskva yaqinida qo‘rqoqlarcha amalga oshirilgan dahshatli voqealar barchamizni, ayniqsa ota-onalarni farzandlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishga undaydi. Bolalarimizni bunday vayronkor guruhlarga aralashib qolishidan saqlashimiz lozim. Ular tojiklar suveren davlati, o‘z ota-onalari va tojik millati sharafini himoya qilishi kerak», deb Rahmonning so‘zlarini keltirgan Tojikiston prezidenti rasmiy sayti.

Ko‘proq yangiliklar: