Toshkentda uy tomida 173 ta gultuvakda giyohvand o‘simliklar yetishtirayotgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 12:20 / 24.03.2024 18880

Toshkent shahrida giyohvand moddalarning yetishtirilishi va tarqatilishi va sotilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro yashash uyining tom qismida gultuvaklarda giyohvand o‘simliklar yetishtirayotgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro uyining tomida maxsus joy qilib, u yerda sug‘orish tizimi va chiroqlar o‘rnatib 173 ta gultuvakda marixuana giyohvand o‘simliklarini o‘stirgan.

Shuningdek, fuqaroning xonadonida ko‘p miqdorda giyohvand o‘simliklarning quritilgani va urug‘lari ham topilgan. Bundan tashqari, giyohvand moddalarni tortish uchun tarozi va boshqa buyumlar borligi aniqlangan.

“Fuqaroning uyidan olingan barcha daliliy ashyolar Toshkent shahar IIBB ekspertiza markaziga topshiriladi. Ekspertiza xulosasi olingandan so‘ng fuqaroga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinadi”, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: