Odamlari eng erta uyg‘onadigan davlat – Kolumbiyada nega odamlar buncha sahar turishadi?

Jahon 13:19 / 24.03.2024 13605

Quyosh hali endi dunyoga mo‘ralay boshlagan, yarim odam uyg‘onib ulgurmagan paytdanoq dunyoning bir yerida odamlar allaqachon faol hayot tarziga o‘tib bo‘lishadi.

Kolumbiyaga xush kelibsiz! Bu yerda xo‘rozlar tong otmasdan qichqira boshlaydi, kofe isi oyoqlar polga tegmasdan oldinroq taralib turadi.

O‘rtacha uyg‘onish vaqti

Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) hisobotiga ko‘ra, kolumbiyaliklar dunyodagi eng erta turuvchilardir. Ko‘plab kolumbiyaliklar uylaridagi qo‘ng‘iroq soat to‘rt yoki beshda chalinadi. Mamlakatda o‘rtacha uyg‘onish vaqti soat olti yarim deb topilgan. Ro‘yxatga ko‘ra:

·       Kolumbiya - 6:31

·       Indoneziya - 6:55

·       Yaponiya - 7:09

·       Meksika - 7:09

·       Daniya - 7:19

·       AQSh - 7:20

·       Germaniya - 7:25

·       Braziliya - 7:31

·       Kanada - 7:33

·       Buyuk Britaniya - 7:33

·       Hindiston - 7:36

·       Xitoy - 7:42

·       Turkiya - 8:02

·       Ispaniya - 8:05

·       Rossiya - 8:06

·       Gretsiya - 8:25

·       Saudiya Arabistoni - 8:27 da o‘rtacha uyg‘onish vaqti hisoblanadi.

Sahar boshlanadigan hayot

Kolumbiyada sport zallari tonggi 4-5 dayoq ishlay boshlaydi. Ko‘chalarda to‘rt, to‘rt yarimda ham odamlar ketayotganini ko‘rish mumkin, soat oltida esa ba’zi universitetlarda darslar boshlanadi. Turli uchrashuvlar soat beshga ham qo‘yilishi mumkin.

Mamlakatda sahar uyg‘onish faol, sermahsul va harakatchan bo‘lish degan so‘zlar bilan sinonim sanaladi.

Nega kolumbiyaliklar sahar turishadi?

Mamlakatda odamlarning sahar uyg‘onishi odatiy holatga aylanishi uchun bir qancha sabablar bor:

Din. Kolumbiya hayotida din muhim o‘rin tutadi, odamlar sahar ibodat qilishni muhim deb biladi. Quyoshning ilk nurlari ibodat va o‘z-o‘zini anglash uchun muqaddas vaqt sifatida qaraladi, bu esa samarali va muborak kun uchun yo‘nalishni ham belgilaydi.

Oilaviy qadriyatlar: Kuchli oilaviy aloqalar Kolumbiya madaniyatining asosiy qismidir. Ertalabki vaqt ko‘pincha sevimli insonlar bilan vaqt o‘tkazish, nonushta qilish va oldindan kunni rejalashtirish uchun ajratiladi.

Mehnatsevarlik. Kolumbiyaliklar o‘zlarining mehnatsevarligi bilan e’tirof etiladi. Ertalabki soatlar qiyin vazifalarni hal qilish va yaxshiroq kelajak qurish uchun qimmatli qo‘shimcha vaqt beradi. Fermerlik ishlari bo‘ladimi, biznes yuritishmi yoki ta’lim olishmi, nima bo‘lishidan qat’i nazar kolumbiyaliklar kunlarini qat’iy aniqlik bilan o‘lchab harakat qilishadi.

Geografik omillar:

Tropik iqlim. Kolumbiya ekvatorga yaqin joylashgan. Bu mamlakatda quyosh erta chiqib kech botishini anglatadi. Odamlar ham yorug‘ tongda ertaroq uyg‘onishga odatlanishgan. Bundan tashqari, tropik iqlim sabab havo ham anchayin issiq bo‘ladi. Soat 11 dan to 3 gacha kun qaynaydi. Bu ham odamlar sahar turishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Qatnovning tig‘izligi. Kolumbiyaning ko‘p shaharlarida qatnovda tirbandliklar kuzatiladi. Odamlar ishiga yetib olish uchun ham ancha vaqtni yo‘lda yo‘qotishi mumkin. Masalan, poytaxt Bogota shahri 2022 yilda dunyodagi eng tirband shaharlar reytingida beshinchi o‘rinni egallagan.

 

Ko‘proq yangiliklar: