Bitcoin keskin qimmatlashdi, oltin narxi ham osha boshladi – xalqaro moliya bozori sharhi

Iqtisodiyot 22:48 / 02.03.2024 15957

Jahon moliya bozori navbatdagi qaynoq haftani muvaffaqiyatli yakunladi. Muhim hodisalardan biri, AQSh iqtisodiyotining 2023 yilning IV chorak Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichining e’lon qilingani bo‘ldi. Qo‘shma Shtatlar iqtisodiyoti so‘nggi chorakda bozorning 3,3 foiz prognoziga nisbatan 3,2 foiz o‘sishga muvaffaq bo‘ldi. Bu o‘z navbatida dollar indeksiga biroz salbiy ta’sir etdi. Makroko‘rsatkichlar e’lonidan so‘ng, aksariyat moliyaviy bozorlar tepaga qarab harakatlana boshladi.

Jahon Insighs kanali ekspertlari 26 fevraldan 1 martgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.     

AQSh top fond bozorlari indeksi:

S&P500 – 5137,07 (hafta boshidan +0,95 foiz, yil boshidan +7,7 foiz);

NASDAQ – 18302,91(hafta boshidan +2,04 foiz, yil boshidan +8,78 foiz);

DJI – 39087,39 (hafta boshidan -0,11foiz, yil boshidan +3,71

foiz).

AQSh fond indekslari so‘nggi hafta ham hayratlanarli o‘sish sur’atini davom ettirdi. Xususan, 500 ta eng yirik kompaniyalardan tarkib topgan S&P500 indeksi 49 punktga o‘sib, hafta mobaynida 5100 punktlik psixologik darajani yengib o‘tdi va tarixiy maksimumini yangiladi. NASDAQ 366 punkt o‘sib, u ham psixologik daraja 18000 punktni buzib o‘tdi. Dow Jones indeksi esa 45 punktga qisqargan bo‘lsa-da, u ham 39000 punktlik psixologik darajasini yengishga muvaffaq bo‘ldi.

Asosiy qimmatbaho metallar:

·       Oltin – 2082,65 dollar (hafta boshidan +2,32 foiz, yil boshidan  +0,97 foiz);

·       Kumush – 33,145 dollar (hafta boshidan +0,96 foiz, yil boshidan  -2,47 foiz);

·       Alyuminiy – 2229,6 dollar (hafta boshidan +2,46 foiz, yil boshidan -6,37 foiz);

·       Mis – 3,86 dollar (hafta boshidan -0,68 foiz, yil boshidan -0,96 foiz).

P.S: yuqorida qimmatbaho metallarning 1 unsiyasi narxi ko‘rsatilgan.

Aksariyat qimmatbaho metallar hafta davomida o‘sish sur’atini taqdim etdi. Alyuminiy, oltin va kumush mos ravishda 53,5 dollar, 47,22 dollar va 0,22 dollarga o‘sdi, mis esa o‘z qiymatini 0,03 dollarga yo‘qotdi.

Neft

·       WTI – 79,75 dollar (hafta boshidan +4,19 foiz, yil boshidan +11,86 foiz);

·       BRENT – 83,33 dollar (hafta boshidan +2,05 foiz, yil boshidan +8,16 foiz).

Hafta davimida neftning WTI markasi 3,2 dollar, BRENT esa 1,67 dollarga qimmatlashdi.

Valutalar

·       USD/EUR:  +0,18 foiz (yil boshidan -1,82 foiz);

·       CNY/USD:   +0,01 foiz (yil boshidan +1,38 foiz);

·       TRY/USD:  +1,20 foiz (yil boshidan +6,29 foiz);

·       UZS/USD:   +0,12 foiz (yil boshidan +1,63 foiz);

·       RUB/USD:  -3,19 foiz (yil boshidan +2,63 foiz).

AQSh valutasi korreksiya qilgan bir paytda ba’zi valutalar pozitsiyalarni kuchaytirishga uringan bo‘lsa, qolganlari qiymat yo‘qotishda davom etdi. Masalan, rublning qiymati 3,19 foizga o‘sdi, biroq lira, yevro, so‘m va yuan mos ravishda 1,2 foiz, 0,18 foiz, 0,12 foiz va 0,01 foizga pasaydi.

Kriptovaluta

·       Bitcoin – 62 401 dollar (hafta boshidan +20,71 foiz, yil boshidan +47,14 foiz);

·       Ethereum – 3434 dollar (hafta boshidan +10,32 foiz, yil boshidan +50,45 foiz). 

Asosiy kriptolar so‘nggi hafta sezilarli o‘sish sur’atini taqdim etishdi va tarixiy maksimumlariga yanada yaqinlashishdi. Bir hafta ichida Bitcoin 20 foizdan ortiq, Ethereum esa 10 foizga qimmatlashdi.

Bozorlar haqida qisqacha

Sun’iy intellekt eyforiyasi tufayli AQSh fond bozorida davom etayotgan o‘sish bozor ishtirokchilarini turli jihatdan hayratga solishda davom etmoqda. Federal zaxira tizimi (FZT) raisi iqtisodiyotni sog‘lomlashtirish amaliyoti samaradorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida foiz stavkasini cho‘qqida uzoqroq vaqt ushlab turish kerakligini aytib o‘tgan edi. Chunki birinchi o‘rinda inflatsiya 2 barobar qisqargan bo‘lsa-da, 2 foiz ko‘rsatkich hali ham uzoq hisoblanadi. Bundan tashqari, maqsadga erishishi yo‘lida stavkani hozir pasaytirish inflatsiyani nazoratdan chiqarib, barcha qilingan sa’y-harakatlarni bekor qilishi ehtimoli bor, shu tufayli regulyator ehtiyotkorona qarorlar qabul qilishi talab etilayotganini aytib o‘tdi. Ammo dekabr va yanvar oylarida inflatsiya holatining yomonlashishi murakkab vaziyatni yanada qiyinlashtirdi va hatto, bozor ishtirokchilarining potensial foiz stavkasi ko‘tarilishi to‘g‘risida qaynoq debatlariga sabab bo‘ldi. Bunday holatlarda bozorga ehtiyotkorona yondoshish tavsiya etiladi, chunki bozor sentimentidagi har bir o‘zgarish nafaqat grafikka, balki hisob raqamga katta ta’sir o‘tkazadi.

Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 26 fevraldan 1 martgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.

Ko‘proq yangiliklar: