O‘zbekiston yanvarda 137 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi

Iqtisodiyot 15:32 / 29.02.2024 14183

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 870,1 mln AQSh dollariga yoki 17,2 foizga kamaygan.

O‘zbekiston 2024 yilning yanvar oyida jahonning 137 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (27,2 foiz), Rossiya (18,3 foiz), Qozog‘iston (6,5 foiz), Turkiya (5,1 foiz) va Koreya Respublikasida (4,3 foiz) qayd etilgan.

Bunda, eksport – 1,1 mlrd dollar, import – 3,1 mlrd dollarga teng bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: