OChL. «Nasaf» «Al-Ayn»ga qarshi 90+2-daqiqada gol o‘tkazib, turnir bilan xayrlashdi

Sport 23:13 / 21.02.2024 20169

Qarshidagi uchrashuvda durang (0:0) qayd etilgach, bu bahs g‘olibi chorakfinalga yo‘llanma olardi. Uchrashuvning 52-daqiqasida Akmal Mozgovoy «Nasaf»ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Kojo Laba ajoyib goli bilan muvozanatni tikladi – 1:1.

90+2-daqiqada esa al-aynliklarning hujumi gol bilan yakunladi. Rahimiyning zarbasini Abduvohid Ne’matov qaytarib qololmadi va mezbonlar kambek qayd etishdi – 2:1.

Shu tariqa, «Nasaf» OChL-2023/24 yilgi mavsumini nimchorakfinalda yakunladi. Ushbu bosqichda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana bir klub «Navbahor» esa ertaga, 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida «Al-Ittihod»ga qarshi saf tortadi. Dastlabki o‘yinda hisob ochilmagandi.

21 fevral (chorshanba)

OChL. 1/8 final. Javob uchrashuvi.
«Al-Ayn» (BAA) – «Nasaf» (O‘zbekiston) – 2:1

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)
Gollar: Kojo Laba 55, Rahimi 90+2 – Akmal Mozgovoy 52.
«Al-Ayn»: 17.Xolid Eysa, 3.Kuame Kuadio, 5.Park Yong Vu, 6.Yahyo Nodir, 7.Omar Atsili (8.Muhammad Abbos Al-Blushi, 60), 9.Kojo Laba, 11.Bandar Muhammad, 16.Xolid Muhammad, 20.Matias Palasios, 21.Sofian Rahimi, 40.Xolid Al Blushi (13.Ahmad Barman, 61)

«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 6.Murodbek Rahmatov, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 30.Temur Chogadze (20.Viktor Da Silva, 83), 70.Jaba Jigauri (45.Zoran Marushich, 63)  88.Marko Stanoyevich (9.Javohir Sidiqov, 63) 97.Bobur Abduxoliqov (44.Shahzod Akromov, 84).

Ogohlantirishlar: Al Blushi («Al Ayn») 39, Matias Palasios («Al Ayn») 85.

Ko‘proq yangiliklar: