Eng arzon va eng qimmat internetga ega davlatlar aniqlandi 

Fan-texnika 18:49 / 17.11.2023 68531

Picodi tahlilchilari dunyoning turli mamlakatlaridagi uy (simli) interneti narxini solishtirishdi. Buning uchun ular 85 ta davlatning 364 ta provayderi narxlarini tekshirib, eng ommabop tarif bo‘lgan 100 Mbit/s uchun oylik narxni taqqoslab ko‘rishdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda 100 Mbit/s tezlikdagi uy internetining o‘rtacha narxi 17,6 dollarga (≈217 ming so‘m) teng. Bu reytingda yigirma uchinchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Dunyodagi eng arzon uy interneti Rossiyada qayd etilgan: atigi 5,6 dollar. Undan keyingi o‘rinlarni Ukraina ($6,1), Ruminiya ($6,4), Viyetnam ($6,7) va Moldova ($7,7) egallab turibdi. 

Eng qimmat internet Norvegiyada qayd etilgan - $79,4. Keyingi o‘rinlarni Islandiya ($ 62,1) va Avstraliya ($61,8) egallagan.  

To‘liq reyting shunday ko‘rinishga ega: 

Ba’zi davlatlar, jumladan, Ispaniya, Fransiya, Xitoy va Singapur reytingga kiritilmagan. Chunki mahalliy provayderlar 100 Mbit/s tezlikdagi tarifni taklif qilmaydi — narxlar ro‘yxatida bundan ham tezroq internet tariflari mavjud. 

Mutaxassislar, shuningdek, 20 dollar yoki uning mahalliy valutadagi ekvivalenti (O‘zbekistonda ≈246 ming so‘m) bilan qanday tarifga obuna bo‘lishi mumkinligini tekshirishdi. 

Bu narxga eng yuqori tezlik Latviyada ekani aniqlandi – 1,2 Gbit/s. Eng past tezlik Tojikistonda – 5 Mbit/s. 

O‘zbekistonda bu narxga 100 Mbit/s tezlikdagi internetga ulanish mumkinligi qayd etilgan (reytingda 9-o‘rin). 

Ko‘proq yangiliklar: