2023 yil uchun tanlangan “yil so‘zlari” sun’iy intellektga aloqador bo‘lmoqda

Fan-texnika 17:54 / 16.11.2023 59451

Kollinz lug‘atiga ko‘ra, 2023 yil so‘zi “sun’iy idrok” (AI - artificial intelligence) so‘zining qisqartmasi bo‘lgan. Lug‘at bu so‘zga “insonning aqliy qobiliyatini kompyuter dasturlari yordamida modellashtirish” deb ta’rif bergan.

Sun’iy idrok bo‘yicha onlayn qidiruvlar 2022 yil noyabrda ChatGPT ishlay boshlagandan beri ancha oshgan. 2030 yilgacha sun’iy intellekt bozori 800 foizga, 1,8 trln dollarga o‘sishi taxmin qilinyapti.

Oksford lug‘ati esa hali yil so‘zini tanlamadi. Unga ko‘ra, tanlanadigan yil so‘zi aynan shu yilning o‘zida o‘ylab topilgan bo‘lishi shart emas. Biroq shu muddat davomida e’tiborda bo‘lgan va taniqli so‘z bo‘lishi kerak. Lug‘at tez orada bu so‘z tanlab olinib e’lon qilinishini bildirgan. Merriam-Webster lug‘ati ham hali yil so‘zini tanlamadi.

Kembrij lug‘ati esa "gallyutsinatsiya qilmoq" (hallucinate) so‘zini 2023 yil uchun tanladi. Bu so‘z ham sun’iy intellektga oid tarzda tanladi. Sun’iy intellekt gallyutsinatsiya qilsa, u yolg‘on axborot ishlab chiqarayotgan bo‘ladi.

Lug‘atning yozishicha, sun’iy intellektdan foydalanishning ommalashishi sabab “gallyutsinatsiya” so‘zining unga oid yangi ma’nosi ishlatila boshlandi va lug‘atga kiritildi.

Ma’lumot uchun: 2022 yilda Kollinz lug‘ati “permainqiroz” so‘zini yil so‘zi sifatida tanlagan. Bu so‘z bilan pandemiya, ob-havo sharoitining og‘ir kelishi, Ukrainadagi mojaro, 2022 yildagi boshqa dahshatli voqealarni izohlagan. Merriam-Webster lug‘ati esa o‘tgan yili “gazlayting” so‘zini “yil so‘zi” sifatida tanlagan.

Ko‘proq yangiliklar: