O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari Moskvada muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston 07:26 / 23.05.2023 5181

Kecha Moskva shahrida O‘zbekiston  tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

«Bugun Moskva shahrida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Janobi Oliylari bilan iliq va samarali uchrashuv o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, muloqotda o‘zaro manfaatli hamkorlik sur’ati qayd etilib, kelgusida aloqalarni yanada boyitish uchun qator sohalar va istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olingan.

Avvalroq Rossiya TIV O‘zbekistonda Rossiya dizayni bo‘yicha AES qurish kelishuvi deyarli tayyor ekanini ma’lum qilgandi.

O‘zbekiston hududida Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bosh shartnomaning asosiy shartlari to‘g‘risidagi kelishuv tayyor. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining dushanba kuni tarqatgan xabarida aytiladi.

«Ikki tomonlama hamkorlikning eng muhim yo‘nalishi - energetika. O‘zbekiston hududida Rossiya loyihasidagi atom elektr stansiyasini qurish iqtisodiy munosabatlarimizning eng muhim loyihasidir. Bosh shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha kelishuv yuqori darajada tayyor», — deyiladi diplomatik idora xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: