Ukraina Mudofaa vazirligi: UQK Baxmutning yarmini qurshovga oldi 

Jahon 13:01 / 22.05.2023 13419

"Dushman Baxmutni o‘rab ololmadi va ular shahar atrofidagi hukmron balandliklarning bir qismini yo‘qotdilar. Ya’ni, qo‘shinlarimizning qanotlar bo‘ylab shahar atrofida oldinga siljishi hali ham davom etayotgani dushmanning Baxmutda qolishini juda qiyinlashtiradi", - deb yozadi Malyar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharning yarim halqaga o‘rab olingani Ukraina Qurolli kuchlariga “dushmanni yo‘q qilish imkoniyatini” beradi. 

"Shuning uchun, dushman shaharning o‘zi nazorat qilayotgan qismida o‘zini himoya qilishi kerak. Bizning himoyachilarimiz "Samolyot" hududidagi sanoat va infratuzilma obektlari hamda Baxmut xususiy sektori ustidan nazoratni saqlab qoldi", dedi Malyar.

Rossiya Donetsk oblastining Baxmut shahri uchun janglarda 100 mingga yaqin harbiy yo‘qotgan. Bu haqda Yaponiyadagi G7 sammitida AQSh prezidenti Jo Bayden aytib o‘tdi.

Ukrainaning bo‘lajak qarshi hujumini muhokama qilarkan, Bayden 2022 yil yozidan buyon janglar kechayotgan Baxmut haqida eslab o‘tdi. Shu kunlarda Rossiya tomoni shahar to‘liq nazorat ostiga olingani haqida e’lon qilgandi.

"Baxmut atrofida muhokamalar ketmoqda — shahar boy berilganmi yoki yo‘q. Haqiqat shundaki, Rossiya Baxmutda yuz mingga yaqin odamidan ayrildi. Buni to‘ldirish qiyin. U bosib olinganmi yoki yo‘qmi, bu muhim emas, u baribir vayron qilingan shahar", — degan AQSh prezidenti.

Ko‘proq yangiliklar: