Ko‘z yoshini tiya olmagan sobiq xodim, adolat istab kelgan odamlar, turnaqator navbat: Farg‘onada sayyor qabul qanday o‘tdi?

O‘zbekiston 12:27 / 22.05.2023 27351

Uchko‘priklik sobiq IIB xodimi Oybek Azimov ham 2018 yilda YHXB xulosasi asosida ishdan bo‘shatilgan.

“Vazir bilan uchrashuvda xizmatdan noto‘g‘ri bo‘shatilganimni dalillar bilan keltirib berdim. Oldin ham bu masalada bir necha marta yozma murojaat qilganman. Bilishimcha, ushbu murojaatlarim vazirga taqdim etilmagan, u kishining xabarlari bo‘lmagan. Sayyor qabul davomida murojaatimni shaxsan nazoratga olishlarini, hammasi yaxshi bo‘lishini aytdilar. Ushbu holat bo‘yicha adolatli qaror qabul qilinib, ishga tiklanishimga ishonaman”, deydi sobiq xodim.

Oybek Azimov

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Oybek Azimovning ishga tiklash bo‘yicha arizasi va barcha hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun olib qoldi.

Nohaq lavozimidan bo‘shatilgan yana bir sobiq xodimning barcha hujjat va arizalari ko‘rib chiqilib, ishga qayta tiklandi.

Ishga tiklangan sobiq IIB xodimi

Ma’lum bo‘lishicha, 8 yoshida avtohalokat oqibatida ota-onasidan ayrilib, qarindoshlarining qo‘lida qolib ketgan ushbu shaxs yillar o‘tib, ichki ishlar tizimiga ishga kiradi. 12 yil ishlaganidan so‘ng uning guvohnomasi raqami vafot etib ketgan boshqa shaxsniki bilan bir xil chiqib qolgach, u hujjatni qalbakilashtirishda ayblangan va xizmatdan chetlashtirilgan. Biroq o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari davomida bu ayblov asossiz ekani tasdig‘ini topadi.

Vazir Po‘lat Bobojonov sayyor qabulning o‘zida uni ichki ishlar organlariga xizmatga tiklangani bilan tabriklagan.

Prezident xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura tomonidan ko‘rib chiqilgan ayrim murojaatlar qabul vaqtida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, yana ayrimlari qo‘shimcha o‘rganib chiqish uchun qoldirildi.

Ko‘proq yangiliklar: